Bolgariyadagi Xalqaro musobaqada Samarqandning BO'SM-2 jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2018
2018 yilning 4-9 aprel kunlari Bolgariya Respublikasining Samokov va Borovec dam olish maskanlari sport bazasida Borovec Samokov 2018 futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqaga Yevropa va Osiyo mintaqalarining professional futbol klublariga qarashli futbol maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilari jalb etildi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra o'yinlar 4 ta yosh toifasiga bo'lingan holda tashkil qilindi. Ushbu musobaqada yurtimizning “Spartak” futbol maktabi va Samarqandning “BO'SM-2”  jamoalarining 2007 yilda tug'ilgan futbolchilari ishtirok etishdi.

Ulardan tashqari, musobaqada “Ripsli Sportis”, “Marek”, “Metal”, “Rozova Dolina”, “Rila” (barchasi Bolgariya) hamda “Winner” (Kosovo) jamoalari qatnashdi.

Turnirda Umidjon Xatamov boshchiligidagi Samarqandning “BO'SM-2” jamoasi  muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o'rin uchun o'tkazilgan bahsda Kosovoning “Winner” jamoasini 7-1 hisobida mag'lub etdi hamda faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com