Bolgariya policiyasi kelishilgan o'yinlarga qarshi maxsus operaciya o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2014, 18:29
Bolgariya policiyasi kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish uchun maxsus operaciya o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bunday uchrashuvlarda shubhalangan to'qqiz kishi hibsga olingan.

Ularning orasida "A" divizionda o'ynovchi professional futbolchilar ham bor. Akciya UEFA hamkorligida o'tkazildi.

Manba xabarlariga ko'ra, bunday uchrashuvlarning soni juda ko'p. Yaqin vaqt ichida so'roqlarga klub rahbarlari va hakamlar chaqiriladi. Qo'lga olingan futbolchilar nomi ma'lum qilinayotgani yo'q.

Bolgariya chempionatida shubhali o'yinlar nafaqat oldingi, balki hozirgi mavsumda ham aniqlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net