"Boka Xuniors" Osvaldoni haydab yubordi

Aslanov Jasurbek
17 may 2016
"Boka Xuniors" Pablo Osvaldo (hujumchi) bilan shartnomani bekor qildi.

Klub rahbariyatining bu qarorga kelishiga sabab - 30 yoshli futbolchining "Nasonal"ga qarshi Libertadores Kubogi chorak final bahsidan so'ng o'zini tutishi bo'ldi.

Forvard bahs yakunlanishidan 5 daqiqa oldin zaxiradan maydonga tushdi va uchrashuvni tugashini bildiruvchi xushtakdan so'ng, jamoadoshlari va Urugvayga kelgan argentinalik muxlislarga minnatdorchilik bildirmay tezda kiyinish xonasiga yo'l olib, u erda chekishni boshladi.

Osvaldo joriy mavsumda Argentina chempionatining 3 ta uchrashuvida maydonga tushgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telam