Boburbek Yo'ldoshevni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
8 apr 2014
Bugun Lokomotiv futbol klubi himoyachisi Boburbek Yo'ldoshev o'zining tug'ilgan kunini (21 yosh) nishonlamoqda.
Futbolchi yosh bo'lishiga qaramasdan “Lokomotiv”ning asosiy tarkibida mana bir necha mavsumki barqaror o'yin namoyish etib kelmoqda. Yoshlar terma jamoasida ham Boburbek asosiy tarkibda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Yo'ldoshevga sog'lik, omad, milliy terma jamoamiz va Lokomotiv futbol klubi bilan yuqori maqsadlarga erishishini tilab, uni temiryo'lchilar murabbiylari, futbolchilari, raxbariyati va o'zbek futboli muxlislari nomidan tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz