

Bu haqda klub matbuot xizmati vakili Anvar Oxunov "championat.asia"ga xabar qildi. Huquqiy jihatdan "Lokomotiv" jamoasiga tegishli bo'lgan Yo'ldoshev bu jamoada raqobat yuqori ekanligi bois, ko'p vaqtini zaxirada o'tkazishga majbur bo'layotgandi. Shuning uchun ikkinchi davrada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun asli farg'onalik bo'lgan himoyachi "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Qo'qonliklar bosh murabbiyi Tohir Kapadze ham mudofaa chizig'ini aynan Yo'ldoshev yordamida kuchaytirishni rejalashtirgan. Shu bois JCH ishtirokchisi katta extimol bilan ikkinchi bosqichda "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Islombek Rustambekov



