Bobur Davlatov: "Hokimni o'g'li emasman, menga jamoada qo'shimcha imkoniyatlar yo'q"

9 mar 2019, 20:33
Superliganing 1-turi doirasidagi "Dinamo" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" futbolchisi Bobur Davlatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Anjumanda futbolchi o'yin haqidagi fikrlarini bilan o'rtoqlashib, jurnalistning yevropa futboli havosidan nafas olgan o'yinchi sifatida jamoada yetakchilikni qo'lga olmayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

- "Tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. O'zimda ham, boshqa futbolchilarda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Buni qo'ldan chiqarvordik. Imkon qadar harakat qildik, ammo oxirida hujumda ishimiz yurishmasa. Himoyadagi bitta xato esa qimmatga tushdi.

Savolga keladigan bo'lsam, men sizni tushundim. Misol uchun men biror bir hokimni o'g'li emasman. Menga qo'shimcha imkoniyatlar yo'q. Jamoada raqobat kuchli, kimki raqobatda yutib chiqsa, o'sha o'ynaydi. Men hokim yoki klub prezidentining o'g'li emasman. Men mashg'ulotlarda harakat qilyapman, murabbiy lozim topyatimi, meni maydonga tushirmoqda. Agar men boshlang'ich tarkibga tortmasam, unda murabbiy boshqa futbolchini qo'yadi", - dedi Bobur Davlatov.


Manba: championat.asia