Bobir Abdixoliqov "Rux" U-21 safida ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urdi

Narzulla Saydullayev
10 apr 2021
Bugun Ukrainada U-21 chempionatining 21-turi doirasidagi o'yinlar davom ettirildi.

"Rux" yoshlar jamoasiga "Minay" raqiblik qilgan o'yinni hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda boshladi va gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

O'tgan turda ham ajoyib gol urishga erishgan hamyurtimiz, kecha jamoasining to'rtinchi golini urdi.

Ayni damda "Rux"ning 21 yoshgacha bo'lgan jamoasi turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "Shaxtyor"dan 9 ochko ortda qolmoqda.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia