Boateng: "Shvaynshtayger MYUni "Bavariya"dan buyukroq deb hisoblamasa kerak"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2015
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger so'zlariga izoh berdi.

Nemis OAVning yozishicha, Shvaynshtayger "Manchester Yunayted"ni "Bavariya"dan buyukroq deb atagan.

"U aynan shu narsani nazarda tutgan deb o'ylamayman. "Manchester Yunayted" ko'proq AQSHga boradi, shu sababli bu klubni yaxshiroq bilishadi. "Bavariya" esa endigina bu mamlakatga borishni boshladi" - deydi Boateng.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com