Blanning fikricha, Anri xato qilgan

Aslanov Jasurbek
14 noya 2018
Fransiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blanning fikricha, Terri Anri "Monako"ni boshqarishga rozi bo'lib xato qilgan.

"Men "Monako" taklifini qabul qilmagan bo'lardim. Klubdagi vaziyat juda qaltis. Anrining bu qarori - xato.

U so'nggi marta Fransiyada o'ynaganiga ancha bo'ldi. Shunga qaramasdan Anri o'zi bilan ko'plab g'oyalarni olib kelgan. U yosh, futbol haqida ko'p ma'lumotga ega. Bu narsalar Terriga yordam berishi mumkin" - deydi Blan.

"Monako" Anri qo'l ostida Fransiya chempionatida 4ta uchrashuv o'tkazdi va ularning 3tasida mag'lub bo'lib, bir marta durang qayd etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror