Blan PSJ bilan shartnomasini 2018 yilgacha uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2016
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi bitim muddati 2018 yilgacha belgilangan. 50 yoshli mutaxassis bilan amaldagi kelishuv 2016 yilning yozigacha edi.

"Bu erga kelganimdan boshlab jamoada ishlash men uchun katta sharaf edi, ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. PSJ jahon futbolida Fransiya elchisi bo'lib qolishiga ishonaman" - deydi Blan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: PSG