Blan: “Ibragimovich - jamoaning kattasi, ammo klubning emas”

Narzulla Saydullayev
2 avg 2014
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan ko'pchilik tomonidan aytilayotgan Zlatan Ibragimovich jamoa xo'jayini kabi gaplarga fikr bildirib o'tdi.
“PSJ kattasi Ibragimovich deyilishi klub rahbariyati va men uchun haqorat, chunki men bosh murabbiyman. Ibragimovich – jamoaning kattasi, ammo klubning emas. Agar u PSJ xo'jayini bo'lganida hamma qarorlarni qabul qilar edi, lekin bunday emas.

Ibragimovich jamoa uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ibra jamoa yetakchisi. Bundan hayratlanish kerak emas, chunki u o'ynagan oldingi klublarida ham shunday edi. Ibragimovich – tug'ma yetakchi, ammo jamoamizdagi yagona shunday futbolchi emas. Bizda yana ikki-uch yetakchi bor” – deydi Blan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com