Biz Messi bilan faxrlanamiz, lekin Ronaldu haqiqiy yirtqich

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019
Futbol afsonasi argentinalik Diega Armando Maradona CHLning “Yuventus” va “Atletiko” o'rtasidagi 1/8 final javob bahsidan keyin, turinliklar hujumchisi Krishitanu Ronaldu haqida fikr bildirib o'tdi.

“Shunday futbolchilar borki, ularga sehrli tayoqcha tekkan. Biz argentinaliklar Messi bilan faxrlanamiz. Sababi, u Ispaniyani emas aynan bizning terma jamoani tanladi. Biroq, yana bir futbolchi bor. Ronaldu – haqiqiy yirtqich, shu bilan birga endi u sehrgar ham. Javob bahsidan oldin portugaliyalik uchta gol urishini aytgandi. Mana u shunday ham qildi.” – deya Maradonaning so'zlarini keltiradi Marca.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca