

Milliy terma jamoamiz jahon chempionati saralash bosqichining qolgan uchta o'yiniga 10 kun oldin yig'ildi. Bu orada ikkita nazorat bahsida maydonga tushishga ham ulgurdik. Toshkentda Turkmaniston termasi bilan o'ynagan bo'lsak, Dubayda Tailandga qarshi bahs olib bordik.
JCH-2022 saralash ikkinchi raunddagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni esa bugundan yig'inni boshladi. Terma jamoa a'zolari yig'inning dastlabki kuni koronavirusga test topshirishdi. Ertaga, 1 iyundan maydondagi mashg'ulotlar boshlanadi. Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni - O'zbekiston uchrashuvi 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.









