Birinchi liga. "Paxtakor-79" Alisher Samatov, Abdulhay Ismoilov va ikki nafar legioner bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
1 avg 2023
Birinchi liganing "Paxtakor-79" jamoasi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibini bir necha nafar futbolchilar bilan kuchaytirdi.

Muxlislarga "Navbahor", "Neftchi", OKMK, "Qo'qon-1912" jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan tajribali futbolchi Alisher Samatov mavsumning ikkinchi qismini "Paxtakor-79" safida o'tkazadi. Futbolchi klub bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. "Bunyodkor", "Navbahor" va "Andijon" jamoalarida to'p tepgan Abdulhay Ismoilov ham yozgi transferlar vaqtida Angren klubiga ko'chib o'tdi. 

Klub ikki nafar legioner Maldonado Alfonso (Portugaliya), Dolo Erikni  (Liberiya)  jalb qilganini e'lon qildi. Ular ham endilikda "Paxtakor-79" futbolchisi hisoblanadi. Ulardan tashqari Yunus Ro'ziboev, Dilmurod Abduqahhorov, Jamshidbek Toshpo'latov, Otabek Mustafoqulov, Umidjon O'ktamalievlar bilan ham rasman shartnoma imzolandi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia