Birinchi liga. “Nasaf-2” – “G'ijduvon” 1:1 + FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
5 apr 2015, 12:06
Kecha 1-ligada jamoalari yangi mavsumni boshlashdi.
Joriy mavsumdan boshlab mamlakat birinchiligida o'z ishtirokini boshlagan “Nasaf-2”  jamaosi ilk uchrashuvda “G'ijduvon” futbolchilarini qabul qilib, so'ngga daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqarishdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida darvozbondan qaytgan to'pni Dilmurod Jumaev darvozaga aniq yo'llab, o'yinda hisobni ochishga erishdi. Asosan “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan yosh futbolchilarimizga g'albani saqlab qolishdi biroz mahorat yetishmadi. O'yinning 86-daqiqasida mehmonlar Azamat Ahmedov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol eti, Qarshidan bir ochko bilan qaytadigan bo'lishdi.

1-liga, 1-tur.
“Nasaf-2” – “G'ijdvuvon”  1:1
Qarshi shahri. 86 tomoshabin
Hakamlar:
N. Boltaev (Navoiy) – 7,8, A. Alimov (Urganch) – 8,0, D. Iskanderov (Nukus) – 8,2, A. Kalinin - 9
Nazoratchi: M. Ismailov (Toshkent).
Gollar: D. Jumaev (25) – F. Suleymanov (86).

Ogohlantirish: B. G'afurov (35), A. Nishanbaev (37), D. Shabanov (43), X. Xoliqov (68), S. Shukurullaev (90+2) – I. Sharapov (48).

“Nasaf-2”: Azamat Ahmedov, Iskandar Qurbonov, Xudoyberdi Holiqov, G'olib G'aybullaev, Mirzamurod Jo'raboev, Dilshod Saitov (Ziynat Ikromjonov), Elbek Otaqulov, Dilmurod Jumaev, Diyor Karimov (Shohruh Safarov), Abdulaziz Nishonboev (Samandar Shukrullaev), Boburmirzo G'afurov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz