

Farm-klublarning oldiga yuqori o'rinlar uchun kurashish vazifasi qo'yilmasada, asosiy jamoaga munosib o'yinchilarni tayyorlab, etkazib berish bosh maqsadlardan ekanligi barchaga ma'lum.
Bu yil “Paxtakor-2” tarkibida asosan akademiya bitiruvchilari xarakat qilganini aytish lozim. 1995 yil va undan kichik yoshdagi futbolchilardir.
Bizningcha bu jamoa uchun 9-o'rin yomon natija emas. Bosh murabbiy Jasur Abduraimov bazida yoshlar terma jamoasi bilan mashg'ul bo'lib qolganida “Paxtakor-2”ni uning yaqin yordamchisi Artyom Petrosyan boshqarib turdi. Shuningdek jamoa boshlig'i Shuhrat Rahmonqulovning haminqadar bosh-qosh bo'lib turganini takidlash lozim.
Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
O'yinlar | 16 |
Umumiy gollar | 28 |
Uyda | 12 (42,86%) |
Safarda | 16 (57,14%) |
O'tkazib yuborilgan gollar | 36 |
Uyda | 15 (41,67%) |
Safarda | 21 (58,33%) |
Urilgan o'rtacha gollar | 1,75 |
O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar | 2,25 |
Uydagi ochkolar | 9/24 (37,5 %) |
Safardagi ochkolar | 12/24 (50 %) |
Eng yirik g'alaba | 6:1 – “G'ijduvon” |
Eng yirik mag'lubiyat | 0:7 – “Obod” |
Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar | 3 (18,75%) |
Golsiz o'yinlar | 5 (31,25%) |
Irodali g'alaba | 2 |
Irodali durang | 0 |
Irodasiz mag'lubiyat | 1 |
Irodasiz durang | 2 |
Yirik g'alaba | 3 |
Yirik mag'lubiyat | 3 |
Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan) | 0/0 |
Ogohlantirish (o'rtacha) | 34 (2,12) |
Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK | 5 (0,31) - 2/3 |
Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha) | 5620/351 |
Jamoa safida ikkinchi bosqichda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Behruz Sadullaev bo'ldi. Ushbu futbolchi birinchi bosqichni “Chust-Paxtakor”da o'tkazib, u erda ham 2ta gol urishga erishgandi. Butun mavsumdagi umumiy gollari soni 8ta bo'ldi.
Kim qancha gol urdi?
Futbolchi | Gol | Pen |
Behruz Sadullaev | 6 | (1) |
Ramziddin To'xtanazarov | 3 | |
Sobit Sindarov | 3 | |
B.Dolijonov | 2 | |
Bilol Toshmirzaev | 2 | |
Ramiz Begishov | 2 | |
Adham Ahmadjonov | 2 | (2) |
Abduqodir Ortiqov | 1 | |
Abdulaziz Jo'raev | 1 | |
Bekzod G'anijonov | 1 | |
Jahongir Ahmadov | 1 | |
Nodir Yuldashev | 1 | |
Saidjon Davlatjonov | 1 | |
Suhrob Nurullaev | 1 | |
Dilmurod Qodirov | 1 | (1) |



