

Bahodir Shaymardonov bosh murabbiyligidagi jamoa shu kunlarda bir qator taniqli va tajribali futbolchilarni qo'shib oldi. Jumladan Abdumalik Abdullaev ("Yangier"), Musurmon Xolmirzaev ("Jizzax-Bars"), Jamshid Hasanov ("Dinamo"), Nodirbek Yuldashev ("Yangier"), Abbos Ikromov ("Istaravshan", Tojikiston), Nurali Padarov ("Sho'rtan"), Islom Boysariev ("So'g'diyona"), Asilbek Mirzayorov ("Binokor"), Longji Song ("Oq-tepa"), Xuan Esperro ("Oq-tepa"), Sherzod Qodirov ("Oq-tepa") kabi futbolchilar endilikda "G'ijduvon" tarkibida harakat qilishadi.
Ma'lumot uchun, jamoa Birinchi liganing 11-turidan so'ng 21 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.



