

Oradagi bo'sh vaqtdan foydalanib jamoamiz a'zolari kechgi mashg'ulotlardan avval Ko'hna Termiz shahrida joylashgan ziyoratgoxlarni ziyorat qildilar. Jamoamiz a'zolari eng asosiysi buyuk Islom olamining ulamosi, xadisshunos olim, Hakim At-Termiziy maqbarasida bo'ldilar.
Ushbu arxitektura inshooti asrlar davomida qurilgan maqbara hisoblanadi. Bu yodgorlik Ko'hna Termiz qalasining shimoli-g'arbiy burchagi yaqinida IX asrning yirik sufiy olimi "Xakimiya" tarikatining asoschisi Abu Abdullox, Muhammad ibn Ali ibn Husayn, Al Hakim At-Termiziy qabri ustida qurilgan tarixiy obidadir.
Jamoamiz ertaga 16 aprel kuni, 4-turdan o'rin olgan, "Surxon" jamoasiga qarshi uchrashuvda omad tilab qolamiz.

“Cementchi” matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov



