Birinchi davrani Lokomotivda o'tkazgan himoyachi faoliyatini Nasafda davom ettiradi

Khoja
27 iyul 2024
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan Nasaf himoyani kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Qarshiliklar birinchi davrani Lokomotivda o'tkazgan Dilshodjon Komilov bilan shartnoma tuzadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq qarshiliklar Surxon sobiq himoyachisi Shohjahon Sultonmurodov bilan shartnoma tuzishi haqida ham xabar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, himoyachi joriy mavsum Superliga bahslarida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini 3 marta aniq nishonga olgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia