Birinchi davrada umuman gol urmagan hujumchi "Navbahor"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2019
Transfer oynasi ochilgach, Namanganning "Navbahor" klubini ikkinchi futbolchi tark etdi.

"Tajribali hujumchi, 32 yoshli Bahodir Nasimov "Navbahor" tark etdi. U faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi", - deb yozadi "Navbahor" klubining telegramdagi rasmiy kanali.

Ma'lumot uchun, Nasimov birinchi davrada 10ta o'yinda maydonga tushdi (jami 200 daqiqaga) va umuman gol ura olmadi.

Bugun shuningdek "Navbahor" yarim himoyachisi Oston O'runov "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgani haqida xabar chiqqan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia