Birinchi davra yakunlari. "Mashal" va "Buxoro" qizil kartochka olishmadi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016, 13:30
Oliy ligada birinchi davra o'yinlari o'z yakuniga etdi.

Dastlabki 15ta turda hakamlar jami 463ta sariq 23ta qizil kartochka ko'rsatishdi.

"So'g'diyona" va "Sho'rtan" klubi futbolchilariga eng ko'p 3tadan qizil kartochka ko'rsatildi. "Mashal" hamda "Buxoro" esa bu borada boshqalarga o'rnak bo'ldi. Bu jamoa futbolchilari birinchi davrada umuman qizil kartochka olishmadi.

Sariq kartochka olish bo'yicha "Neftchi" "chempion" bo'ldi - 41ta. "Nasaf" futbolchilari eng kam ogohlantirish olishdi - 20ta. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia