Bir vaqtlar Fransiya “hukmdori” bo'lgan “Lion” navbatdagi uchrashuvida mag'lub bo'ldi va turnir jadvalining so'nggi pog'onasiga tushib ketdi

Nozimov Nig'monxo'ja
23 okt 2023
Fransiya chempionatining 9-turida "Lion" o'z maydonida "Klermon"ga yutqazib qo'ydi va turnir jadvalining oxirgi o'riniga tushib ketdi.

Eslatib o'tamiz, Lion bu mavsum hali g'alaba qozonmadi. Jamoa avvalroq qoniqarsiz natijalar sabab Loran Blan o'rniga Fabio Grossoni bosh murabbiy etib tayinlagandi.

Liga 1. 9-tur

Lion - Klermon 1:2

22 oktyabr, "Park Olimpik"

Gollar: Oje (52, avtogol) - Cham (10), Manen (35).

Lion – Antoni Lopesh, Mata, Lovren, O'Brayen, Enrike (Kumbedi, 83), Meytlend-Naylz (Diavara, 46), Akuoku (Nuama, 46), Kakre, Sherki (Tolisso, 46), Jeffino (Balde, 68), Lyakazett.

Klermon – Diav, Konate, Oje, Kofrie (Seydu, 85), Pelmar, Gonalon (Rashani, 69), Gasten, Manen (Keita, 68), Cham (Butobba, 81), Nikolson, Allevina (Zeffan, 84). 

Ogohlantirishlar: Lovren (19), Gasten (22), Enrike (32), Oje (45), Tolisso (67), Seydu (86).


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com