Bir necha soat ichida van de Bek "Ayntraxt" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek ijara huquqi asosida "Ayntraxt"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yaqin 24 soat ichida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va keyin zarur hujjatlarga imzo chekadi.

Frankfurt klubi xavbekni 11 mln evro + 4 mln bonuslar ko'rinishidagi kelishuvga ko'ra sotib olishi mumkin bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPN