

Posbon Lukas Yensen 7 kun ichida 3ta rasmiy o'yinda qatnashishi kerak edi va shularning ikkitasida qizil kartoka oldi. Qayd etish kerak, u bunga qadar faoliyati davomida biror marta maydondan chetlatilmagandi.
Dastlabki qizil kartochkani qahramonimiz 7 mart kuni "Ipsvich"ga qarshi o'yinda qabul qilib olgandi. Shundan keyin u "Charlton"ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi va bor e'tiborini 14 mart kungi "Portsmut"ga qarshi o'yinga qaratdi. Ammo u 10-daqiqadayoq fol evaziga qizil kartochka oldi va maydondan chiqib ketdi.

