"Aqlli" avtobus ingliz klubining chempionat doirasidagi o'yiniga borishiga to'sqinlik qildi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2020
"Oksford" futbolchilari Angliya Birinchi Ligasidan o'rin olgan "Akkrington" bilan uchrashuvga taksida borishlariga to'g'ri keldi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Gazetaning yozishicha, "Oksford" klubi avtobusi spirtli dezinferktor vositasi bilan ishlov berilgach, blokirovkaga tushib qolgan. Avtobus har safarga chiqishdan oldin haydovchidan alkogol testini o'tkazishni "talab qiladi". Tizim sensorlari spirt hidini sezdi va bu avtobus olti soatga qulflanib qolishiga olib keldi.

Shunga qaramay, "Oksford" "Akkrington"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian