

"Ayni damoa u "Borussiya" D bilan yangi bitim imzolaydi deb o'ylamayman. Klubdan rasmiy taklif tushmadi. Hozir ular Bellingemga qaror qabul qilish uchun vaqt berishyapti. Ayni damda Bellingem bor e'tiborini "Borussiya"ga qaratmoqchi, chunki shu dam olish kunlari Bundesliga o'yinlari davom ettiriladi.
Ma'lumotlarimizga ko'ra, uning otasi "Liverpul" va Yurgen Klopp bilan muzokara o'tkazmoqda. Ammo "Real" va "Manchester Siti" ham o'yinda. Hamma tarkibida Jud Bellingemdek o'yinchi bo'lishini xohlaydi. Shunga qaramasdan uchta yirik klub uni xarid qilishga urinyapti.
Kloppning gaplariga ko'ra, agar Bellingem katta maoshli shartnomaga imzo chekmoqchi bo'lsa, u "Liverpul"ni tanlamaydi. Ammo Jud futbolchi sifatida rivojlanishni xohlasa, "Liverpul"ga o'tishi kerak.
O'ylashimcha, Judni "Liverpul"da ko'rishimiz mumkin" - deydi Macheri.



