Bilasizmi? Ronaldinyo matbuot anjumanidagi xatosi uchun yillik 760 ming dollar daromaddan mahrum bo'lgan

Оқил Абдубарноев
23 mar 2024
Ronaldinyo 2012 yil "Atletiko Mineyro" bilan shartnoma imzolaganidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

2012 yil iyul oyining unutilmas kunida jurnalistlar bilan suhbatlashar ekan, o'sha paytdagi Coca Cola elchisi Ronaldinyo katta miqdorda pul to'laydigan kompaniyani jiddiy o'ylantiradigan harakat amalga oshirdi.

"Barselona"ning sobiq pleymeykeri Braziliyaning "Atletiko Mineiro" klubiga o'tganiga atigi bir necha kun bo'lgach, futbolchi OAV vakillari bilan uchrashdi.

O'shanda Ronaldinoga Coca Cola homiylik qilayotgandi. Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi 2014 yilga qadar amal qiladigan kelishuvga binoan yiliga 760 000 AQSH dollari ishlab olishi ko'zda tutilgandi.

Bularning barchasini inobatga olgan holda, uning matbuot anjumani chog'ida Coca Cola'ning asosiy raqobatchilaridan biri bo'lgan Pepsi qadog'i yoniga o'tirish qarori uning ichimliklar brendi bilan munosabatida hal qiluvchi omil bo'ldi.

O'sha paytda Pepsi "Atletiko Meniyro"ga  homiylik qilardi va kompaniya mahsuloti matbuot anjumanlarida stollarga qo'yiladi.

Ammo Ronaldinyo intervyu chog'ida Pepsi idishlarining biridan ho'plagan va bu tezda mish-mishlar tarqalishiga sabab bo'lgan.

Oradan bir necha kun o'tib Coca Cola kompaniyasining marketing bo'yicha boshlig'i Marselo Pontes Braziliyaning "O Estado de Sao Paulo" gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi: "Futbolchining bir butilka Pepsi bilan maydonga tushishi tuyaning belini somon bilan sindirishdek gap". U qo'shimcha qildi: "Homiyligimiz sharmandali bo'lib qoldi."

Coca Cola ham voqea yuzasidan bayonot berdi: “Coca Cola Ronaldinyoning shuhrati va qadr-qimmatini tan oladi. Biroq so'nggi voqealar tufayli hamkorlikni davom ettirish imkonsiz bo'lib qoldi”.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia