Ronaldinyo Hindistonda futbol akademiyasini ochdi

Sherzod Nurmatov
18 okt 2023
Braziliyalik afsonaning Bangladeshga tashrifi ham rejalashtirilgan.

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldinyo Hindistonning Kalkutta shahriga tashrif buyurib, bir qator tadbirlarda ishtirok etdi. Shu jumladan, mamlakatda "R10" akademiyasining ochilish marosimida qatnashdi.

Endilikda Ronaldinyo Bangladesh poytaxti Dakka shahriga yo'l olib, u erda ham bir qator sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times of India