Bilarmidingiz? Ronaldu va Ten Hag zirak tufayli urishib qolgan

Sherzod Nurmatov
18 sen 2024
Ronaldu Ten Hagning talabiga qaramay, MYU mashg'ulotlarida sirg'alarini echishdan bosh tortgan.

Niderlandiyalik murabbiy mashg'ulotlar vaqtida barcha futbolchilardan taqinchoqlarni, jumladan sirg'alarni ham echishni talab qilgan, bu esa Krishtianu Ronalduga yoqmagan. Ole-Gunnar Sulsher va Ralf Rangnik davrida bunday qoidalar mavjud emasdi.

Ten Hagning yordamchisi Stiv Maklaren vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilishga uringan, biroq bu Ronalduning g'azabini keltirgan. Natijada portugaliyalik 1000 funt sterling turadigan sirg'alarini butalar orasiga uloqtirgan, deb xabar bermoqda "Manchester Evening News".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News