Beylning agenti: "Real" Garet ketayotgan qadamlarni o'pishi kerak"

Mirjalol Normatov
22 sen 2020, 23:42
"Tottenxem" futbolchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining "Real"dan ketgani haqida gapirdi.

"Tottenxem"dan ham katta klublar Garetga qiziqish bildirgandi. Beyl esa shu erga kelishni istadi. U bundan xursand.

Biz Garetning "Real"dan ketadigan vaqti yetib kelganini tushundik va barchasi jiddiylashib ketganidan keyin tezda qaror chiqardik. Oldingidek qo'llab-quvvatlov ko'rinmayotgandi. Bu yerda juda ko'p gap bor.

Garet "Real"da qilgan mehnatiga yarasha qadrlanmadi va bu asosiy muammo edi. Garet ketayotgan qadamlarni "Real" o'pishi kerak, chunki Beyl klub uchun ko'p narsa berdi", - dedi Barnett.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal