"Betis" Belerinni "Arsenal"dan xarid qilmoqchi

Alisher
6 may 2022
"Betis" "Arsenal"dan ijaraga olingan himoyachi Ektor Belerinni xarid qilmoqchi.

Jurnalist Charlz Uottsning xabariga ko'ra, bitim ispan klubiga 5dan 10 mln funtgacha bo'lgan mablag'ga tushishi mumkin.

"Betis" Belerinning o'yinidan mamnun, u jamoa bilan birga ushbu mavsum Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi.

"Betis" Belerinni "Arsenal"dan 2021 yilning avgust oyi so'nggida ijaraga olgan edi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum ispan jamoasi tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/charles_watts