Beshta savolga javob bering va O'zbekiston - Iroq uchrashuviga chipta yutib oling

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2016
Ertaga O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin saytimizda tanlov tashkil qildik.

Quyidagi beshta savolga birinchi bo'lib to'liq javob bergan besh nafar ishtirokchi chipta yutib oladi. Tanlov O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.

Agar beshta savolga to'liq javob berganlar bo'lmasa, eng ko'p savolga aniq javob bergan ishtirokchilar g'olib deb topiladi.


1. O'zbekiston terma jamoasi Iroq bilan necha marta o'yin o'tkazgan?
Javob
: 7 marta

2. Bu jamoalar Toshkentda necha marta to'qnash kelishgan?
Javob:
1 marta

3. Iroq darvozasiga gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi kim?
Javob
: Anvar Soliev

4. Iroq so'nggi bor necha yil oldin O'zbekistonga gol urgan?
Javob:
12 yil oldin (2004 yil)

5. Iroq ayni paytda FiFA reytingida nechangi pog'onada bormoqda?
Javob:
99



Javoblar soat 13:30ga qadar qabul qilinadi. Aynan shu vaqtda to'g'ri javoblar saytda e'lon qilinadi va undan keyin berilgan javoblar qabul qilinmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia