“Beshiktash” – “Galatasaroy”. O'yin maydondagi tartibsizliklar sababli oxirigacha o'ynalmadi

Tolibjon Qosimov
23 sen 2013
“Beshiktosh” klubi muxlislarining tartibsizligi, Turkiya chempionati 5-turidan o'rin olgan “Galatasaroy”ga qarshi o'yinni (1:2) oxiriga etmasdan tugashiga sabab bo'ldi.

O'yinning 91-daqiqasida “Galatasaroy” yarim himoyachisi Felipe Meloning maydondan chetlatilishidan so'ng, hisobda ortda borayotgan “Beshiktosh” klubi muxlislari policiyaga qarshi chiqib tartibsizlikni keltirib chiqarishdi.

Muxlislar turli xildagi shiorlar ostida policyaga qarshi chiqa boshlashgan.

Shundan so'ng klub muxlislari stadiondagi o'rindiqlarni sindirib policiyaga uloqtira boshlashgan. Bunga javoban policiya xodimlari ham ko'zdan yosh oqiruvchi gazdan foydalanishga majbur bo'lishgan.

Mazkur o'yinga tugallanmagan deb qaror chiqarilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru