"Bernli" koronavirus tufayli qancha mablag' yo'qotishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
5 apr 2020
"Bernli" xo'jayini Mayk Garlik agarda APL qayta boshlanmasa klub qancha mablag' zarar qilishini aytib o'tdi.

"Zararimiz 50 mln funt sterlingni tashkil qilishi mumkin. Biroq biz - klub, muxlislarimiz, shahrimiz birgalikda ushbu holatdan chiqib keta olishimizga ishonaman. Barchamiz bir-birimizga yordam berishdan charchamaylik", - dedi Garlik.

Eslatib o'tamiz, APL noma'lum muddatga qoldirilgan. Angliya matbuoti xabariga ko'ra, ushbu mavsum yakunlanib bo'lgan. Butun dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 64 mingdan oshadi.

"Bernli" APL turnir jadvalida 10-o'rinda ketmoqda. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports