Bernat PSJ bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
6 mar 2021
Ispaniyalik himoyachi Xuan Bernat PSJ rahbariyati bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Tomonlar muvaffaqiyatli muzokaralar olib borishdi va 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishib olishdi.

Eslatib o'tamiz, Bernat Parij klubiga 2018 yilda "Bavariya"dan o'tgan edi.

Xuan joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien