Bernardu Silva Liga Kubogi finalida "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026
"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva jamoaning Liga Kubogi finalidagi g'olibligi haqida gapirdi.

"Shaharliklar" 60 va 64-daqiqalarda gol urgan Niko O'Raylining ikkita goli evaziga g'alaba qozondi.

"Dastlabki 15 daqiqa qiyin o'tdi: "Arsenal"da xavfli vaziyatlar bo'ldi, ammo Jeyms Trafford bizni qutqarib qoldi. Ikkinchi bo'limda ularning kuchi kamayganini va biz yanada shiddatli o'ynaganimizni angladik. Niko O'Rayli bunday vaziyatlarda jarima maydonchasida yaxshi ochiladi. Birinchi golni urganimizdan so'ng bo'sh hududlarga ega bo'la boshladik.

Vazifamiz maksimal barqarorlikni taminlash va jamoa sifatida birgalikda ishlash edi. Hech qanday qo'pol xatolarga yo'l qo'ymasdan, ixcham o'ynashga urindik. Menimcha, ajoyib raqibga qarshi juda yaxshi o'ynadik", – dedi Silva.

"Arsenal" Premer-ligada "Manchester Siti"dan 9 ochko oldinda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports