

Mbappe - ajoyib futbolchi. Uni shu erda, biz bilan ko'rishni istardim. Albatta, qarorni „Siti“ va futbolchining o'zi chiqaradi, lekin ertaga nima bo'lishini hech kim avvaldan ayta olmaydi.
Kilian jahon darajasidagi yulduz bo'la oladi. Menimcha, u hozirning o'zida qisman yulduz bo'lib ulgurdi. Va yaqin yillar ichida dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanishi hech gap emas. Yarim himoyachilar doim oldinda u kabi hujumchi bilan birga o'ynashni istashadi. Sababi, Kilian tezkor, aqlli va yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira oladi. U endigina 18 yoshga to'lganiga ishongingiz ham kelmaydi bazan.



