Bernardu Silva: "Gvardiola bilan ishlash imkoniyatidan voz kechib bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
27 may 2017
"Monako"dan "Manchester Siti"ga o'tgan Bernardu Silva o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zimni ajoyib his qilayapman. Endi dunyoning eng kuchli klublaridan birining a'zosiman. Men uchun bu klub a'zosi bo'lish sharaf. Yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutayapman. "Siti" safida katta marralarni zabt etmoqchiman. Gvardiola bilan ishlash imkoniyati paydo bo'lsa undan voz kechib bo'lmaydi", - deydi portugaliyalik futbolchi "Manchester Siti" rasmiy saytiga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mancity.com