Bernardeski Ronaldu haqida: "Futbol tarixidagi eng yaxshi uch o'yinchidan biri faoliyatini boshqacharoq yakunlashga loyiq edi"

Administrator
20 dek 2022
Federiko afsusda ekanligini yashirmadi.

"Yuventus" sobiq futbolchisi Federiko Bernardeski Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu uchun afsusdaman. Futbol tarixidagi eng yaxshi uch o'yinchidan biri faoliyatini boshqacharoq yakunlashga loyiq edi.

Men insoniylik jihatdan ham Ronalduning hozirgi vaziyatidan afsusdaman. Uning darajasidagi o'yinchi faoliyatini o'zi istagan vaqtda tugatishga haqli. Biroq, vaziyatni to'g'ri baholay olish va mos paytni sezish ham lozim", - deydi Federiko Bernardeski.


AdministratorMuallif
Manba: Notícias ao Minuto