Bernardeski Rayolaning xizmatidan voz kechdi. Uning yangi agenti - Federiko Pastorello

Alisher
18 noya 2021
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski agentini o'zgartirdi.

Futbolchi Mino Rayola bilan hamkorlikni to'xtatdi va Federiko Pastorello bilan shartnoma imzoladi.

"Bu oldinroq ro'y berishi kerak edi, ammo bazida yaxshi narsalar uchun ko'proq vaqt talab qilinadi! Men g'urur bilan Bernardeskining P&P Sport Management bilan shartnoma imzolaganini xabar qilaman! Oilaga xush kelibsan", - deb yozdi Pastorello o'z instagram sahifasida.

O'tgan haftada "Yuventus" yarim himoyachisi Artur ham Rayolaning xizmatidan voz kechgan edi.

Bernardeskining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fedepastorello