Berbatov: "Ronaldu yana 2-3 yil o'ynab bera oladi. U hali ham kuchli"

Administrator
18 okt 2023
38 yoshli futbolchi haqida Berbatov iliq fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o'tdi.

"Ronaldu to'xtashni istagan payt to'xtaydi. Uyana 2-3 yil o'ynab bera oladi. Ronaldu hali ham kuchli. 

Odamlar u o'ynayotgan liga APLdan sekinroq deyishlari mumkin, ammo bu ahamiyatsiz. U hali ham kuchli ekanligini isbotlamoqda. Ayniqsa, oxirgi paytlarda. Portugaliya uchun gollar kiritib, o'z o'yinini ko'rsatmoqda.

Kelinglar, uni shunchaki tinch qo'yamiz. Ishonamanki, u yaqin orada bizni qandaydir yangi qaror bilan xayron qoldiradi. Hozirda Ronaldu o'ynashda davom etmoqda. Biz esa u to'xtashga qaror qilmaguncha, Ronalduning o'yinidan bahra olishda davom etishimiz kerak", -deydi Berbatov.


AdministratorMuallif
Manba: Goal.com