Berbatov MYUdan ketishi kerak bo'lgan 2 futbolchini aytdi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2022
“Qizil iblislar” sobiq forvardi Dimitar Berbatov Jessi Lingard va Donni van de Bek haqida gapirdi.

“Jessi Lingard ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun klubdan ketishi kerak. U “Vest Xem”da qolmaganiga hayron bo'ldim, ammo klublar bir qarorga kela olmadi. U o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgandi.

Agar u o'ynashni xohlayotgan bo'lsa, unda nega MYUda qolmoqchi bo'lganiga tushuna olmayapman. “Yunayted” unda foydalanishni istamasa, nega Lingardni qo'yib yubormoqchi emasliklarini tushunmayapman.

Donni van de Bekka esa o'ynashi uchun imkon beradigan har qanday holat oldinga tashlangan qadamdir. MYUdagi har qanday murabbiy qo'l ostida niderlandiyalik muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. U har doim zaxirada qolib ketmoqda va maydonga tusha olmayapti”, deydi bolgariyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail