Beppe Marotta: “Diabala bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borayapmiz”

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017
“Yuventus” klubi direktori Beppe Marotta jamoadagi ayni vaqtdagi vaziyat haqida gapirib o'tdi.

“Biz Diabala bilan yaxshi munosabatdamiz. Ayni paytda u bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar boshlangan. U klub uchun juda ko'p narsa berdi. O'ylaymanki, bu borada muammolara bo'lmaydi -muzokaralarimiz ijobiy yakun topadi. Diabala uchun “Yuve” libosida maydonga tushish sharaf.

Biz ayni paytdagi tarkibimizdan mamnunmiz. Bizda har bir poziciyada futbolchilar bor. Markizio ham to'liq sog'ayib, maydonga qaytishga tayyor”, deydi Marotta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia