Benzemaning agenti: "Angliyaning top-klubi Karim uchun 45-50 million evro taklif qilmoqchi"

Tolibjon Qosimov
19 okt 2013, 09:45
FIFA agenti Fransua Gallardo "Real" hujumchisi Karim Benzemaga ingliz klublari qiziqishayotgani haqida aytib berdi.
"Klasikodan bir hafta o'tib men Angliyaning top-klublaridan birining vakili bilan uchrashaman, u Karimga qiziqmoqda. Shundan so'ng ingliz klubi "Real" bilan aloqaga chiqadi. Bu klub Benzemani transfer borasida so'rov yuboradi.

Angliya klubi futbolchini yanvarda sotib olishga urinadi, agar bu amalga oshmasa yozgacha kutishga tayyor. Ular Karim uchun 45-50 million evro taklif qilishmoqchi", – deydi agent. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru