Benzema "Real"ning La Ligadagi to'purarlari orasida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Sherzod Nurmatov
4 apr 2021
"Real" hujumchisi Karim Benzema "Eybar" bilan o'yinda (2:0) gol urdi.

"Gracenote Sports" xabariga ko'ra, 33 yoshli fransiyalik 187-golini urdi va La Ligadagi "Real" to'purarlari ro'yxatida Karlos Santilyanani ortda qoldirib, to'rtinchi o'ringa joylashdi.

Endilikda Benzemadan oldinda Alfredo Di Stefano (216), Raul (228) va Krishtianu Ronaldu (311) turibdi.

Eslatib o'tamiz, Benzema 2009 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Gracenote Sports