Benzema "Manchester Siti" haqida: "Maqsadimiz – g'alaba, doim shunday bo'lgan"

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema YCHL 1/8 finali doirasida o'tkazilishi kutilayotgan "Manchester Siti" bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– "Manchester Siti" haqida qanday fikrdasiz?

– "Siti" haqida nima deyishim mumkin, bu juda yaxshi murabbiy tomonidan shakllantirilgan yaxshi jamoa. Ular to'pni nazorat qilish va ko'proq uzatmalarni amalga oshirishdan qo'rqishmaydi. O'yin tengkurashlar ostida kechsa kerak.

– Sizda o'yin uchun maxsus reja bormi?

– Yo'q. Rejamiz – g'alaba qozonish, har doim shunday bo'lgan. Albatta, raqib nimalar qilayotganini kuzatamiz, ammo barchasi o'z qo'limizda", – dedi "qirollik klubi" tarixidagi eng yaxshi asistent.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" bilan bahs 26 fevraldan 27-ga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.


Manba: Sky Sports