Benzema Klasikoda gol urish borasida Ugo Sanches bilan tenglashib oldi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2021
Ronaldu va Di Stefano natijasigacha 8 ta gol qoldi.

Madridning "Real" klubi La Liganing 30-turida "Barselona" bilan (2:0, tanaffus) o'ynamoqda. 

Hisobni 13-daqiqada hujumchi Karim Benzema ochdi. U kataloniyaliklar darvozasining yaqin burchagini nishonga olib, chiroyli tarzda gol urdi. 

Fransiyalik "Real" uchun Klasikodagi 10-golini urdi va bu ko'rsatkich bo'yicha Xuanito hamda Ugo Sanchesga yetib oldi. "Barselona"ga eng ko'p golni Alfredo Di Stefano va Krishtianu Ronaldu urishgan – 18 ta.

Benzema ushbu mavsumda La Ligada hozirgacha 19 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mister Chip