Benzema Yevropa klubiga o'tishi mumkin, u "Navbahor" bilan o'yingacha jamoada qolmasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2024
"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema Yevropaga qaytishi mumkin.

36 yoshli futbolchiga Fransiyaning "Lion" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub Benzema bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi.

Karimning "Al Ittihod" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan. Hujumchining transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.

Benzema joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ittihod" OCHL nimchorak finalida O'zbekistonning "Navbahor" klubi bilan kuch sinashadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Todofichajes