"Benfika" so'nggi 6 yilda transferlardan qancha mablag' ishlab olganini bilasizmi?
Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 14:58
So'nggi yillarda boshqa klublar uchun futbolchi yetishtirib beradigan "fabrika"lardan biriga aylanib borayotgan "Benfika" klubi transferlardan katta foyda olmoqda.
Yaqindagina klub katta summa evaziga Joau Felishni "Atletiko"ga transfer qilgandi. Qayd etish kerak, portugaliyaliklarning so'nggi 6 yillikda transferlardan ishlab olgan daromadi 525 million evroni tashkil qilmoqda.