“Benfika” Keylor Navas uchun 6 million evro taklif qilmoqda
Tolibjon Qosimov
30 iyun 2014, 12:48
“AS”ning xabar berishicha, Kosta-Rika darvozaboni Keylor Navasning ajoyib o'yini ko'plab klublar e'tiborini tortdi.
Kostarikalik darvozabonning transfer huquqlariga ega bo'lgan “Levante”ga “Benfika” 6 million evro taklif qildi. Ammo klublar o'rtasidagi muzokaralar mundialdan so'ng boshlanadi.